Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3K subscribers
1.7K photos
94 videos
1 file
612 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
📃 Bugun Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

📌 Qonunda Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari, huquqlari va vakolatlari aniq belgilanmoqda.

Ushbu qonunning qabul qilinishi bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida Bolalar ombudsmanining davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligining kuchayishiga, bolaning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy huquqlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Bolalar ombudsmani faoliyatini qonuniy tartibga solishdan, uning siyosiy maqomini kuchaytirishdan va vakolatlari ta’sirchanligini oshirishdan yagona birdan bir maqsad - yurtimizning har bir kichik fuqarosi, har bir bola unga Konstitutsiya va qonunlarda kafolatlangan barcha huquq - imkoniyatlaridan teng va to‘la foydalana olishini ta’minlashdir.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida 2024-yil 18-yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi holatini o‘rganish yuzasidan.

⚡️Aniqlanishicha, mazkur maktab internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi “O‘tkir gastrit” alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

📌 Hodisa tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilishi natijasida maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishiga olib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 26.01.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zo‘ravonlik nima va bolalarga nisbatan uning qanday turlari bor

Zo‘ravonlikdan qanday himoyalanish mumkin

Ota-onalar va bolajonlarimiz e’tibori uchun suratlarda mazkur savollarga javoblar taqdim etilgan.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman o‘zi kim

«Ombudsman» so‘zi shved tilidan olingan bo‘lib, «Ombuds» - huquqni himoya qiluvchi, «man» esa inson, ya’ni "inson huquqlarini himoya qiluvchi" degan ma’noni anglatadi.

Bola huquqlari bo‘yicha Ombudsman lavozimi birinchi bo‘lib Norvegiyada 🇳🇴1981-yilda ta’sis etilgan. Bugungi kunda bolalar huquqlari bo‘yicha Ombudsman institutlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda Bolalar ombudsmani alohida mustaqil institut sifatida 2021-yilda joriy etilgan.

Bolalar Ombudsmani bolalarga oid qarorlar qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari va boshqa muassasalar o'z faoliyatini eng avvalo bola manfaatlari ustunligidan kelib chiqib olib borishi ustidan monitoring qiladi. Bunda u mustaqil ravishda bolaning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini ta’minlanishi holati yuzasidan parlament nazoratini olib boradi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bosh prokuratura
Расмий баёнот

Ижтимоий тармоқда эркак томонидан фарзандини уриб, шафқатсиз муносабатда бўлаётганлиги ҳақида видеохабар тарқалган.

Мазкур видеохабардаги ҳолатлар Сурхондарё вилояти прокуратураси томонидан ўрганилганида, ҳолат Термиз шаҳрида содир бўлганлиги аниқланди.

Ушбу видеохабар бўйича терговга қадар текширув ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Текшириш натижаси юзасидан қонуний қарор қабул қилиниши ва бу ҳақида қўшимча маълумот берилиши таъминланади.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
#bolalar_murojaati 15-yanvar kuni Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M. dan murojaat kelib tushdi. Bugun, 16-yanvar kuni Bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.…
📌 Bolalar ombudsmaniga Shaxrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M. dan 16-yanvar kuni murojaat kelib tushgan edi. Bu holat yuzasidan M.M ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

29-yanvar kuni M.M. Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo'lsada, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etayotganligini bayon etdi.

29-yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun ma'muriy tartibda ushlanib, bugun, 30-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Shaxrisabz shahar sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 206 (1) moddasi (Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Bolalar davlat tashkilotlariga shaxsan murojaat qilish huquqiga ega

📌 "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, bola davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli.

Bunday murojaatlarni bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram|Facebook|Instagram
"Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun, 15-modda (Bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari):

Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so‘zlashga haqlidir.

Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️Bolalar ombudsmaniga 21-yanvar kuni fuqaro (ayol) M.T.ning murojaati kelib tushdi.

Oʻz murojaatida M.T. sobiq turmush oʻrtogʻi J.M. bilan ajrashish jarayonida boʻlib, sud qarori bilan 2 nafar farzandi u bilan, yaʼni onasi bilan yashab kelishi belgilangan boʻlsada, sobiq turmush oʻrtogʻi J.M. doimiy kuzatuv va parvarishga muhtoj boʻlgan farzandi, 2021-yilda tugʻilgan M.M. ni ona ruxsatisiz nomaʼlum yoʻnalishda olib ketganligini bildirgan.

Bu holat Bolalar ombudsmani, vasiylik va homiylik, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan oʻrganildi.

Aniqlanishicha, M.T.ning farzandi, 2021-yilda tugʻilgan M.B. ga “Obstruktiv bronxit” kassaligi tashxisi qoʻyilgan boʻlib, u uzluksiz ravishda tibbiy muolaja olishi, oziq-ovqat, ob-havo, maishiy buyumlar keltirib chiqaradigan turli allergik asoratlardan himoyalanishi uchun doimiy jiddiy nazoratda boʻlishi lozim. Ona shu davrga buyon farzandiga shunday parvarishni olib borgan.

2024-yil 20-yanvarda sobiq turmush oʻrtogʻi J.M. M.T. ning yashash xonadoniga kelib, onasi va bolaning oʻzi qarshiligiga qaramasdan uni nomaʼlum yoʻnalishda olib ketib, hozirda qayerdaligi, bolaning ahvoli qanday ekanligi haqida onasiga biron xabar bermagan hamda oʻzini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan farzandini sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib yashirib kelgan.

Shuningdek, J.M. vasiylik va homiylik organi, terapevt-shifokor va boshqa mutasaddi organ vakillari tomonidan bolaning ahvolini aniqlash va unga zarur boʻlgan tibbiy koʻmak choralarini koʻrsatishga toʻsqinlik qilgan.

29-yanvar kuni Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan J.M. va boshqalarga nisbatan JKning 117-moddasi 1 qismi (xavf ostida qoldirish) va 137-moddasi 2 qismi (odam oʻgʻrilash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari bir bolani mashinaga majburan tiqib olib ketishi aks etgan video tarqalib, 1-fevral kuni tasvirdagi bolaning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, 2023-yil 22-dekabr kuni Chilonzor tumani Chilonzor-3 mavzesida IIO xodimlari Sh.M. va A.O. lar 2011-yilda tug‘ilgan K.P. da pirotexnika vositalari borligini aniqlab, bolani xizmat mashinasiga kuch ishlatib, majburan o‘tqazishga uringan holda unga nisbatan qo‘pol va nomaqbul munosabatda bo‘lganlar.
Buning oqibatida esa bola bosh sohasidan lat yegan va qattiq emoеsional qo‘rqish holatiga tushgan.

Ichki ishlar xodimlariga nisbatan mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Sh.M. va A.O. larning harakatlarida voyaga yetmagan K.P. ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish hamda IIV Kasb madaniyati kodeksini buzish holatlari yuzasidan xayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bola manfaatlariga zid bo‘lgan bu kabi harakatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bunga javoban qonun doirasidagi qat’iy chora ko‘rilishi shart.

Hozirda Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holatga huquqiy baho berish masalasini o‘rganmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📔 “Ҳуқуқ билимдони” Омбудсман викторинаси ғолиблари тақдирланди

2024 йилнинг 2 февраль куни Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (oмбудсман) ҳамда Касаба уюшмалари Федерацияси томонидан “Ҳуқуқ билимдони” Омбудсман викторинасининг якуний II босқичи ўтказилди.

Жамиятда ногиронлиги бўлган болаларнинг ҳуқуқ соҳасига бўлган қизиқишини ҳамда билимларини оширишга қаратилган мазкур лойиҳа 3 декабрь – Халқаро ногиронлар куни ҳамда Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларация қабул қилинганининг 75 йиллиги муносабати билан ўтган йилнинг декабрь ойида старт олган эди.

2 босқичдан иборат ушбу Викторинада Тошкент ва Фарғона вилоятлари ҳамда Тошкент шаҳрида жойлашган таянч ҳаракати шикастланган болалар учун мактаб-интернатларининг 750 нафарга яқин ўқувчилари қамраб олинган.

Омбудсман викторинанинг якуний босқичида ҳудудлардан энг юқори балл тўплаган 10 нафар ўқувчи иштирок этди.
📎батафсил 🗣lotin yozuviga o'tish

➡️t.me/ombudsmanuz

🌐Cайт |🔵Telegram | 🔵Facebook |📷Instagram | 🌐Twitter | 🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM