Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
89 videos
1 file
597 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan kuz oyidagi ilk shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇 Qabul davomida:

▫️ona vafotidan so‘ng voyaga yetmagan qiz Rossiya Federatsiyasida buvisi qaramog‘iga topshirilganligi, lekin qizning o‘zi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan otasi bilan yashashni istayotganligi yuzasidan;

▪️nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun onlayn ro‘yxatga qo‘yilib, navbati kelgan bo‘lsada, elektron bazada navbati ancha pastga tushib qolganligi tufayli bolani bog‘chaga berish kechikayotganiga oid;

▫️bir necha yil avval ona o‘z farzandidan voz kechib, bolani otasiga tashlab ketganligi, endilikda farzandini o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan;

▪️oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar farzandini onasi bilan uydan haydab yuborgani, bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

📝 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #tekshiruv #bolalar_manfaati #Bolalar_ombudsmani

📃 Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi MCHJ rahbari B.B. ning murojaati kelib tushdi.

🖇️ Murojaatida 2022-yilda yakka tartibdagi tadbirkor E.M. (ayol) bilan MCHJga tegishli binoning bir necha xonalarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida foydalanish uchun ijaraga olish shartnomasi tuzilganligini, lekin tadbirkor o‘z faoliyatida belgilangan talablarga rioya etmayotganligini bildirgan.

◽️Xususan, tarbiyalanuvchi bolalar soni muassasa sig‘imidan ortiqligi, bolalar uchun yotoqxona, hojatxona va oshxona sanitariya normalariga muvofiq emasligi, ayniqsa bolalar yuqori bosimdagi elektr toki mavjud bo‘lgan xonada saqlanayotganligi va bu xonada deraza mavjud emasligi, oqibatda esa bolalarning sog‘lig‘i xavf ostida qolayotganligini ma’lum qilib, MTMda tarbiyalanayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilishni so‘ragan.

📌 Mazkur holat Bolalar ombudsmanining nazorat so‘rovi asosida Toshkent viloyati prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

⚪️ Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rganishi asosida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi tegishli Nizomi talablariga zid ravishda manzili (joylashuv geolokatsiyasi) bitimda ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda faoliyat olib borganligi sababli mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga subsidiya to‘lovlari to‘xtatildi.

☑️ Shuningdek, Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda mazkur muassasada SSV huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

🔷 Tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MJtKning 53-moddasi (Sanitariya qonunchiligini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborildi. Hozirda tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #hamkorlik #Istiqbolli_avlod #Bolalar_ombudsmani

📑 Bugun Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladik.

🖇️ Aytish kerakki, 2001-yilda tashkil etilgan mazkur tashkilot bugungi kunda O‘zbekistondagi odam savdosi va zo‘ravonlikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohasida yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi.

✏️ Memorandum doirasida:

1️⃣ alohida ijtimoiy zaif guruhga mansub va e’tiborga muhtoj oilalarda bolalarga nisbatan odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya, zo‘ravonlik, tazyiq ostida sodir etiladigan jinoyatlar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

2️⃣ odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya va zo‘ravonlikning boshqa shakllari bilan to‘qnash kelgan bolalarni aniqlash va ularga kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-huquqiy yordamni tashkillashtirish;

3️⃣ bolalarga nisbatan sodir etilgan bu kabi jinoyatlar oqibatlarini minimallashtirish, jabrlanuvchilarni himoyalash borasida hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmani hozida ham «Istiqbolli avlod» NNT bilan murakkab vaziyatlarga duch kelgan bolalarga turli shakldagi ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishida amaliy hamkorlik olib bormoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan olib borilayotgan bu hamkorlik o‘zining samarasi va ijobiy natijasini beradi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj #bolalar #hamkorlik #Vatanga_qaytarish

☑️ Mutasaddilar hamkorligidagi choralar natijasida Rossiya Federatsiyasida qarovsiz qolib ketgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️OAVda "Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda

🖇 Aniqlanishicha, Andijon viloyati Asaka tumanidagi 34-sonli ixtisoslashatirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari A.X. va M.R. (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqib, A.X. M.R. ni urib, tan jarohati yetkazgan.

🔴 Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Vaziyat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #MICS #odil_sudlov #bolalar_manfaatlari

🖇 Bugun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbari Rehina Mariya Kastidjio bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdik.

🇺🇿🇺🇳Aytish kerakki, keyingi yillarda O‘zbekistonning UNICEF bilan hamkorligi faollashdi, bolaning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanilishi, kuchli ijtimoiy himoyasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasini ta’minlash sohasida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

📣 Muloqot davomida:

🔹davlat maktabgacha ta’lim va maktab muassasalarida bolalarning huquqiy savodxonligini shakllantirishda;

🔸odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini ta’minlash sohasida mutaxassis tayyorlash va ularni malakasini oshirishda tizimli tashkiliy ko‘mak berish borasida kelishib olindi.

Qonun bilan ziddiyatdagi voyaga yetmaganlarni odil sudlov tizimidan chiqarish va ularga nisbatan tiklovchi huquqiy-ijtimoiy choralarni qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish,

🗣 o‘quv muassasalarida tarbiyachi va pedagoglarning bolalar bilan do‘stona muloqoti, xususan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha maxsus treninglar tashkil qilish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, Rehina Kastidjio xonim bolalar saqlanayotgan yopiq muassasalarga Bolalar ombudsmani monitoring tashriflarida birgalikda ishtirok etib, voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘zi ham ko‘zdan kechirishi istagida ekanligini ta’kidladi.

☑️ Muloqot e’tibor markazida yana bir muhim masala - bu O‘zbekistonda Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) bo‘ldi.
📈 Mazkur tahlil bolalar huquqlarini amalga oshirishga oid vaziyatni tanqidiy ko‘rib chiqish, ularning hayotida mavjud zaif nuqtalarni aniqlashga oid keng qamrovli izlanish bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ham UNICEF bilan izchil hamkorlik zarurligiga to‘xtalib o‘tildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM