Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
📌 Avvalroq, Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi ayol murojaat qilib, ota-onasi vafotidan so‘ng 2 nafar singligisiga vasiylik qilib, ularga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etayotgan amakisiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida qizlarga jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan R.R. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan va unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

🖇️ Bolalar ombudsmanining Qozog‘iston Bolalar ombudsmani bilan birgalikda samarali hamkorligi natijasida voyaga yetmagan I.A. va S.R. larga Olmaota shahri adaptatsiya markazida barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatildi.

Jinoyat ishi doirasidagi ular bilan bog‘liq barcha tergov harakatlari o‘tkazilib bo‘lganidan so‘ng joriy yilning 24-avgust kuni qizlar O‘zbekistonga qaytarildi va Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi☑️.

📑 Shu kunlarda qizlarning opasi A.A. ni ularga vasiy etib belgilashga oid hujjatlar rasmiylashtirilishi jarayoni ketmoqda.

⚪️ Shuningdek, hozirda R.R. ga nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman sudiga yuborildi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar_ehtiyojlari

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Joriy yilning 28-iyun kuni Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.

🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.

🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.

📌 Bolalar ombudsmani bu masalada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qilib, kuni kecha 24-sonli tarbiya koloniyasiga Jamg‘arma ko‘magi bilan 20 ta zamonaviy kompyuter texnika vositalari yetkazib berildi va muassasada 2 ta yangi ixtisoslashtirilgan kompyuter xonalari tashkil etildi.

🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;

2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;

4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;

8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmanining bolalar saqlanayotgan turli muassasalarga, xususan Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasi, ayollar koloniyasi va Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘tkazgan monitoringlari davomida mazkur maskanlar kutubxonalaridagi kitoblarning aksariyati eski nashrdagi adabiyotlar ekanligi, zamonaviy hayot va bolalarning bugungi kundagi asl qiziqishlariga mos kelmasligi aniqlandi.

🖇️ Bolalar ombudsmani o‘zbek tilining lotin alifbosidagi turli xil (badiiy, tarixiy , ma'rifiy asarlar, bolalar adabiyoti, belletristika, she’riyat va boshqa mavzularda) kitoblar taqdim etilishi masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qildi.

📚
Bugun, 30-avgust kuni, Istiqlol ayyomi arafasida Jamg‘arma tomonidan ushbu muassasalardagi bolalarga mo‘ljallangan 500 dona zamonaviy va yangi nashrdan chiqqan kitoblar yetkazib berildi☑️.

▫️
Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani jamoasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga bolalar uchun nihoyatda muhim bo‘lgan amaliy ko‘magi uchun o‘z minnatdorligini bildiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM