Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoring tashrifi davomida Taxiatosh tumanidagi "Bolalar uyi"da bo‘ldi.

🏫 Bolalar uyi 0-7 yoshgacha bo‘lgan yetim, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, shu jumladan, psixofizik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni parvarish qilishga mo‘ljallangan davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasidir.

📌Ushbu maskan 40 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirda 28 nafar bola 3 toifadagi guruhlarda tarbiyalanmoqda, shundan 9 nafari nogironligi bo‘lgan bolalardir.

👶🏻Kichkintoylar bilan samimiy muloqotda shuni guvohi bo‘ldikki, maskandagi shifokor, psixolog va pedagoglar bolalarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radilar, bu mehr bolajonlarni ko‘zlarida, erkin harakatlarida namoyon bo‘lmoqda.

🔍 Monitoring davomida muassasada bolalar uchun yotoq joylari, ovqatlanish, davolanish, sanitariya-gigiyena sharoitlari tegishli standartlarga mosligi hamda zarur mutaxassislar shtati to‘liqligi aniqlandi.

📁Shu bilan birga, muassasadagi bolalarning maqomi bilan bog‘liq hujjatlarni yuritishda ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha Bolalar uyi ma’muriyati va hudud mutasaddilariga kerakli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirgan monitoring tashrifi tafsilotlari mahalliy OAV nigohida.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoringi davomida bir qator maktab-internatlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko‘zdan kechirdi.

🔸Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi 6-sonli maktab-internati faoliyati bilan tanishildi. Ushbu muassasada hozirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 164 nafar bola tarbiyalanmoqda.

🔹Shuningdek, Xo‘jayli tumani 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi ham o‘rganilib, bu maskanda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 395 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Monitoring doirasida bolalar soni ko‘pligi tufayli o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyoj ham yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, yotoqxona koridorlari ta’mirtalab darajada ekanligi, yotoqxonaning isitish tizimini yaxshilash, tibbiyot xonasini zamonaviy jixoz va vositalar bilan ta’minlash zarurligi ma'lum bo‘ldi.

🖇 Shu bilan birga, internat ma’muriyati 1-9-sinflar uchun darsliklarni qoraqalpoq tilida chop etish borasida ko‘mak kerakligini bildirdi.
Mazkur masalalar yechimi yuzasidan hudud mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Monitoring keyingi manzili Xo‘jayli tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.

🏬 1995-yilda tashkil topgan bu muassasada hozirda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu maskanda sport zali yo‘qligi tufayli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari musiqa zalida olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, bir nechta guruh xonalarida konditsioner yo‘qligi, tibbiyot xonasida esa dori-darmonlar uchun maxsus jihozlar ta’minlanmagani aniqlandi.
Bolalar ovqatlanishi shart-sharoitlarini ham jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji bor

Hudud mutassadilariga mazkur muassasalardagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilashga oid ko‘rsatmalar hamda bolalar bilan ishlashda zamonaviy usullarni tatbiq etish uchun mutaxassislar malakasini oshirishga oid tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoring yakunida Bolalar ombudsmani Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbayev bilan uchrashib, ko‘zdan kechirilgan obyektlardagi murakkab masalalar borasida muloqot qildi (jami 14 ta bolalar muassasi o‘rganildi).

Uchrashuv davomida bolalar tarbiyalanayotgan muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, suhbat davomida hududda bola huquqlarini ta’minlanishi holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli o‘rganish, bolalar vaziyatini yaxshilashga oid sa’y-harakatlarni kuchaytirishda hamkorlikka kelishib olindi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_manfaatlari

🗓️ Bugun, 24-iyul kuni Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid masalalar yuzasidan murojaatchilar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Bugungi qabul jarayonida:

☑️ 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid sud majlisida ishtirok yuzasidan;

☑️ bolaning yoshi 12 da bo‘lsada, sudda uning ota-onalardan qay biri bilan yashashi borasidagi fikri inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

☑️ noto‘g‘ri tashhis oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi tufayli uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

☑️ turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng chuqur depressiya holati tufayli ona o‘z farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazayotganligi yuzasidan;

☑️ nevarasini maktabga joylashtirishda qator to‘siqlarga uchrayotganligiga oid;

☑️ ona farzandi ta’lim olishida to‘sqinlik qilayotganligi masalasi yuzasidan;

☑️ bola onasi bilan boshqa davlatga yashash uchun ketayotganligi va otasi ruxsat bermayotganligiga oid;

☑️ iste’dodli va ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lsada, o‘smir qizni iqtidorli yoshlar guruhida e’tirof etilmayotganligi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🟢 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM