Deputat Behzod To'xtamurodov
471 subscribers
641 photos
46 videos
184 links
🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari qo'mitasi a'zosi

Adolat fraksiyasi a'zosi

instagram.com/bexzod_tukhtamurodov
加入频道
"Inter Pares"ning O'zbekiston Respublikasidagi Yoshlar parlamentlari bilan hamkorligi

9-10 iyul kunlari Oliy Majlisi Senati binosida Yevropa Ittifoqining "Inter Pares" tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi ikkala Yoshlar parlamentlari bilan hamkorlikda seminar tashkil etilmoqda.

Unga ko'ra, bizda hamda Yevropa davlatlarida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, xususan yoshlar parlamenti faoliyati bilan Kipr, Chexiya, Germaniya va Slovakiyadan tashrif buyurgan ekspertlar hamkorligida tajriba almashinuvi amalga oshiriladi.

Seminar O'zbekiston va Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarda yoshlarni parlament faoliyatiga samarali jalb etish bo'yicha muloqot va tajriba almashishga qaratilgan.

📸Instagram|📷Facebook|📱Telegram
👍7🔥3👏211
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, janob Prezident!

Xalqimiz va yoshlar manfaati yo’lidagi  buyuk xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz va bu yo’lda, Sizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, quvonchga to’la va mazmunli umr tilayman.

Butun Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti jamoasi nomidan Sizni 67 yoshingiz bilan tabriklaymiz!
👏8👍32
Hurmatli Tanzila Kamalovna!

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! Har bir kuningiz baxt va muvaffaqiyatlar bilan to'lsin!

Yoshlar parlamenti jamoasi nomidan, Sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Sizning Yoshlar parlamentimiz rivojlantirishdagi ko'magingiz bizning muvaffaqiyatlarimizning asosiy omilidir. Sizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
👏5👍42
Gooooool! Gap yo'q... 1:1
👏2🔥1
Hisob 2:1

O'yin uchun rahmat yigitlar! Birinchi o'yin, ammo qo'rquv yo'q. Biz tushunishimiz zarur, bu boshqa daraja, boshqacha futbol, vaqt kerak.

Darvozabonga gap yo'q!
🔥10👍1
Уважаемый Никита Святославович!

Примите мои искренние поздравления по случаю Вашего дня рождения!

Как председатель Молодежного парламента при Национальном собрании Республики Беларусь, Вы внесли огромный вклад в развитие молодежной политики. Под Вашим руководством достигнуты значительные успехи, реализованы важные инициативы и проекты, направленные на благо молодежи.

Желаю Вам крепкого здоровья, семейного счастья и творческого вдохновения. Пусть Ваши знания и навыки, а также забота о молодежи приведут к ещё большим достижениям. Уверен, что впереди Вас ждут еще большие достижения.

С днём рождения!

С уважением,

Бехзод Тухтамуродов
👍10👏64
2023 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida Milliy Assambleyasi huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan uchrashuv tashkillashtirilgan edi.

Uchrashuv davomida hamkasbim Nikita Rachilovskiy Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi bilan hamkorlik Memorandumi imzolagan edik.

Mazkur Memorandum doirasida o‘zaro hamkorligida qo‘shma tadbirlar, dasturlar va loyihalarni tashkil etish hamda yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning birlamchi turmush sharoitlarini yaxshilash va mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘zaro muloqotlar amalga oshirdik.

Ishonchim komil, kelgusida hamkorligimiz yanada mustahkam boʻladi.

📸Instagram|📷Facebook|📱Telegram
👍10🔥321
Bugun “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat” – har bir inson uchun! shiori ostida navbatdagi XIV Plenumi boʻlib oʻtdi.

Plenum davomida partiyaning 2024-2029-yillar uchun moʻljallangan Saylovoldi dasturini tayyorlash yuzasidan partiya elektorati, xayrixohlari va aholi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning fikr va takliflarini olish, mavjud muammolarni oʻrganish va ular boʻyicha manzilli yechimlar taklif etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish qizgʻin davom etayotgani taʼkidlandi.

Plenium davomida Partiyaning Siyosiy Kengashi aʼzosi boʻlib saylanib, bizning partiyamiz boʻlajak saylovlarda aholi, ayniqsa, yosh avlodning manfaatlarini koʻzlagan, ularga farovon turmush sharoitlarini yaratishni maqsad qilgan taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishi kerakligi toʻgʻrisida qisqacha toʻхtalib oʻtdim.

📸Instagram|📷Facebook|📱Telegram
👍6👏5🔥2
Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Kamalovna bilan Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalarini ko‘rib chiqdik.

Uchrashuv chog’ida Yoshlar parlamenti tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan maqsadli loyihalar va ularning samaradorligini muhokama qildik.

Tanzila Kamalovna tomonlaridan Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bizlarga bildirilgan ishonchni oqlashga, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda istiqboldagi ustuvor vazifalarni o’z vaqtida bajarishga tayyormiz.

📸Instagram|📷Facebook|📱Telegram
🔥8👏731👍1
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 29-iyul kuni Sirdaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi nomiga Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari
A. Shodiyorov tomonidan yozilgan xat ayrim ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlganligi yuzasidan Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti rasmiy ravishda quyidagilarni ma'lum qiladi.

Ushbu xat Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan yozilmaganligi,
A. Shodiyorov ismli Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari yo‘qligi, hamda murojaatda bildirilgan firk va mulohazalar bizning pozitsiyamizni ifodalamasligini bildiramiz.

O’z navbatida, A.Shodiyorov tomonidan yuqorida ko’rsatilgan masala yuzasidan tushuntirish xati olindi va tez orada rasmiy munosabat bildirishi ta’kidlandi.

Yoshlar parlamenti doim ochiq va asoslangan ma'lumotlar bilan ishlashga va bundan keyin ham shu maqsadda faoliyat yuritishiga ishonch bildiradi.

Shu munosabat, bilan Sizlarni barcha maʼlumotlarni bizing ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishga chaqiramiz.

Shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va taqdim etish holatlari tegishli qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

📸Instagram|📷Facebook|📱Telegram
👍11